Узбекские песни » Новинки » Jasmin - Zaynab bilan qoling begim

Jasmin - Zaynab bilan qoling begim

Слушать трек
Скачать в mp3
Текст песни

Zaynab bilan qoling begim Jasmin tekst

Sizga bir armon bo'lay, zolim begim,
Jayron bo'lay, quvib yeting, qoling begim.
Marg'ilonning yo'liga boshim qo'yib,
Man ketaman, Zaynab bilan qoling, begim.

Oo-oo, oo-oh,
Man ketaman, Zaynab bilan qoling, begim.
Yorginam visoliga jonim beray,
Jon emas, bu jahonim, borim beray.

Yashnagaymu bir quchoqda ikki gul –
Man ketay, Zaynab bilan qoling, begim.
Yashnagaymu bir quchoqda ikki gul –
Man ketay, Zaynab bilan qoling, begim.
Oo-oo, oo-oh,

Man ketaman, Zaynab bilan qoling, begim.
Qani ul qayrilma qosh Kumush, demang,
Ko`zlaringiz nega yosh, Kumush, demang,
Otabekni jonidan suygan ko`ngil,
Man ketay, Zaynab bilan qoling, begim.
Песня Jasmin - Zaynab bilan qoling begim