Узбекские песни » Новинки » Sanjar Usmonov - Ukalarning zo'risan ukam

Sanjar Usmonov - Ukalarning zo'risan ukam

Слушать трек
Скачать в mp3
Текст песни

Ukalarning zo'risan ukam Sanjar Usmonov tekst

Yuragimning qo'risan ukam
Onamning g'amxo'risan ukam
Qadrdonim qadri balandim
Ukalarning zo'risan ukam

O'z davrida davrini surgan
Akam bor deb ishonib yurgan
Jigarimsan yonimda turgan
Ukalarning zo'risan ukam

Jigarimsan yonimda turgan
Ukalarning zo'risan ukam

Ukam ukam ukam
Jon jigarim ukam
Ukalarning zo'risan ukam

El biladi toza zotimiz
Eshitsalar tanir otimiz
Otamning ham biz qanotimiz
Ukalarning zo'risan ukam

Bir tovoqda birga osh tatib
O'sdikku bir ko'rpada yotib
Birgina sen ketmaysan sotib
Ukalarning zo'risan ukam

Birgina sen ketmaysan sotib
Ukalarning zo'risan ukam

Ukam ukam ukam
Jon jigarim ukam
Ukalarning zo'risan ukam

So'ra xatto jonim beraman
Sen borsan men shoxu to'raman
Seni juda yaxshi ko'raman
Ukalarning zo'risan ukam

Duo qilib omadga to'ling
Deysan akam doim sog' bo'ling
Yelkamda tursin faqat qo'ling
Ukalarning zo'risan ukam
Песня Sanjar Usmonov - Ukalarning zo'risan ukam