Yulduz Usmonova - Turnalar 2
Слушать трек
Скачать в mp3

Текст песни
Turnalar 2 Yulduz Usmonova tekst
Ko'zlarga to'ymas bugun yozu bahorlargaKuzga yetdik barglar to'kdik anhorlarga
Tars yorilmas nima bo'lgan anorlarga
Sababini aytasizmi turnalarim
Qishdan o'tib qaytasizmi turnalarim
O'tmoqdamiz tashvishlarda sarson bo'lib
Kimga qimmat kim uchundir arzon bo'lib
Qolmasmikan bor umrimiz armon bo'lib
Javobini aytasizmi turnalarim
Qishdan o'tib qaytasizmi turnalarim
Turnalar meni tashlab ketmang turnalar
Tirnalar ko'ngil bilmam nedan tirnalar
Yurakda go'yo chumoli yurar o'rmalab
Turnalar dilni g'ashlab ketmang turnalar
So'rab ko'ring o'sha baland falaklardan
Samar bormi bizni bedor tilaklardan
Dil yayrasin siz keltirgan daraklardan
Xabarini aytasizmi turnalarim
Qishdan o'tib qaytasizmi turnalarim
Turnalar meni tashlab ketmang turnalar
Tirnalar ko'ngil bilmam nedan tirnalar
Yurakda go'yo chumoli yurar o'rmalab
Turnalar dilni g'ashlab ketmang turnalar