Feruz Jo'rayev - Cho'kayotgan sevgimiz
Слушать трек
Скачать в mp3
Текст песни
Cho'kayotgan sevgimiz Feruz Jo'rayev tekst
Sevgimiz misli qayiq, Dengizda suzayapmizSevgi deb oqimga, qara qarshi suzyapmiz
Bilmadim manzillarga qachon yetib boramiz
Balki sevgimiz deya shu dengizda cho'kamiz
Sabrimiz yetsa edi borguncha manzillarga
Yelkan bilan suzyapman Jon jaxtim bilan qara
Cho'kishimiz aniq lek so'ndirmay umidimiz
Qancha harakat qilmay bitta joyda turibmiz
Yo'q yo'q tugadimi sevgi degan bu tuyg'u
Yo'q yo'q quvonch kelmasdan keldimikan qayg'u
Yo'q yo'q sevgi ekanmi faqat ertaklarda
Balki sevgimiz qoldimi o'sha suratlarda
Nahot endi bizlar ketgan bo'lsak har tomon
Nahotki bizlarga sherik bo'ldimi armon
Endi sevgimiz qoldimi usha sohillarda
Qara sevgimiz qoldi bu eski suratlarda
Yakunimiz aniq lekin hech tan olmayapmiz
Yuzimizda tabassum ichimizdan so'nyapmiz
Biz tomon muz qoyalar kelishin kurib turib
Baribir kurashyapmiz qo'llarimizni tutib
Kamiga bo'ron turgan tepamizda bulutlar
Bizni chayqab turibdi dengizdagi tulqinlar
Go'yo biz uchun bari romantika hammasi
Qayig'imiz urilib tugadiku barchasi