Узбекские песни » Новинки » Doxxim & Odilxon - Onajon

Doxxim & Odilxon - Onajon

Слушать трек
Скачать в mp3
Ro'mollariz jiqqa ho'l bo'lib
Suv tashirdi chelaklarda
Ko'chada yomg'ir yog'ardi
Ko'lmaklar bo'lardi hosil
Suv to'lgan kovushda tag'in
Kelardiz loy yo'laklarda
Momoqaldiroq ovozi
Ketardi zaminni bosib

Siz to'ldirgan chelaklardan
To'lardi hamma bachoklar
Lekin sabriz kosasini
To'lmaganiga qoil
Men issiq uyda yotsam
Ataplenani quchoqlab
Biror marta qarashvor deb
Urushib bermadiz koyib

Aqalli qo'lizdagi
Chelaklarni ololmapman
Vijdonim qilt etmapti
Sochizda yoqqanda qor
Yigirma uch yil o'tsada
Yaxshi farzand bo'lolmapman
Malaklar madhi deb yozgan
Shuncha ijodim bekor

Men kim bo'ldim ona
Quruq va'dalar berib
Sahar uyg'onasiz meni
Ishga kuzatish uchun
Qaynoq mehriz taftidan
Muzlar ham ketadi erib
Ijodkorman deb gerdayib
Yurdim maqtovga uchib
Песня Doxxim & Odilxon - Onajon