Teкст песни Guli Asalxo'jayeva - Bolaginam bolasi

Sensan shirin, shirin xush xabar
Azizsan jonim, bu jonim qadar
Endi mayin, mayin qo'llari
Yana yana beshik tebratar

Oq yurgakda oy keldi
Shirin kulcha non keldi
Keng uyimni to'ldirib
Mitti bir mehmon keldi

Sen yomg'irning tomchisi
Kelar jannatning isi
Baxtimga omon bo'lgin
Umrimning davomchisi

Sensan ko'ngil shodasi
Yuragimning nolasi
Xush kelding, xush kelding
Bolaginam bolasi

Qantdek o'rik donasi
Asalmikan onasi
Quchog'imga xush kelding
Bolaginam bolasi

Sensan ko'ngil shodasi
Yuragimning nolasi
Xush kelding, xush kelding
Bolaginam bolasi

Qantdek o'rik donasi
Asalmikan onasi
Quchog'imga xush kelding
Bolaginam bolasi

Tishlab tishlab yeb qo'ysam
Hidlab hidlab hidinga to'ysam
Gul yog'ilib osmonda
Munchoq ko'zingni ko'rsam

Здесь Вы сможете узнать слова песни Bolaginam bolasi от исполнителя Guli Asalxo'jayeva, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Guli Asalxo'jayeva - Bolaginam bolasi
Слушать трек
Скачать в mp3