Узбекские песни » Новинки » Shahnoza Otaboyeva - Kechir

Shahnoza Otaboyeva - Kechir

Слушать трек
Скачать в mp3
Men qilgan aybimni boʻynimga oldim,
Sen ham, yor, yodingdan oʻchirgin endi,
Bizlar xato qilsak, ishqda ne gunoh?
Mendan oʻtgan boʻlsa, kechirgin endi.

Kechir, kechirgin endi,
Jonim, kechirgin endi
Kechir, kechir
Mendan oʻtgan boʻlsa, kechirgin endi.

Nimalar demaydi bu tilga qoʻysa,
Nelarni xohlamas koʻngilga qoʻysa,
Arazlar ketadi muhabbat kulsa,
Mendan oʻtgan boʻlsa, kechirgin endi.

Tomirimda muzlab borar qon axir,
Qara, tugab borar xasta jon axir,
Kechirmasang, kuyaman yomon axir,
Mendan oʻtgan boʻlsa, kechirgin endi.
Песня Shahnoza Otaboyeva - Kechir