Главная » Узбекские песни » Ohunjon Madaliyev - Shamollar uyg'ondi barg hayajonda

Ohunjon Madaliyev - Shamollar uyg'ondi barg hayajonda

Слушать трек
Скачать в mp3
Shamollar uyg'ondi barg hayajonda
Hatto yer ostida qo'zg'aldi ilon
Dunyo ko'zlarini ochayotganda
Ketgim kelmayapti onajon

O'ngirlarda kezar muzdek havolar
Ishqalab qobog'in ko'tarar osmon
Mana shu bog'larni ko'rmasdan turib
Ketgim kelmayapti onajon

Qizlarning ovozi kelyapti munis
Ishq desam daftarga sachrab ketdi qon
Suymasa suymapti bir chiroyli qiz
Dunyoda qiz kammi onajon

Begunoh bittadir u ham osmonda
Qo'lga chivin qo'ndi quvmoqqa yo'q jon
Chivinlar chumchuqlar yurgan jahonda
Menga joy yo'qmidi onajon

Garchand mungli qo'shiqlar aytdim
Garchand azob ko'rdim mudom bepoyon
Men hali dunyodan to'ygan yo'q edim
Dunyo to'ydimikan mendan onajon

На данной странице у вас есть возможность ознакомится со всей доступной информацией относительно музыкальной композиции Ohunjon Madaliyev - Shamollar uyg'ondi barg hayajonda.

Скачать трек абсолютно бесплатно и без регистрации с возможностью прослушать онлайн в отличном качестве 320 kbps без ожидания и рекламы.

Так же ищите другую музыку от Ohunjon Madaliyev у нас на сайте.

Песня Ohunjon Madaliyev - Shamollar uyg'ondi barg hayajonda