Teкст песни Umidulloh - Buyuk Alloh sevdi Rasulini

Bir kimsaki bo'lsa
Biriga oshiq
Agar chindan bo'lsa
Ishqiga sodiq

Fido etar unga
Butun molini
Hamda ayamaydi
Aslo jonini

Unga qiymatliroq
Sevgani jondan
Jondaka ustundir
Ikki jahondan

Rad etmas mahbubini
Hech bir so'zini
Mayli der o'girmas
Aslo yuzini

Uning har zahmati
Rahmatlar unga
Uning har xizmati
Minnatlar unga

Sevar sevgilisin
Sevganini ham
Ham sevar qo'yini
Ko'ppagini ham

Uning dushmaniga
Doim dushmandur
Uni sal ranjitsa
Ko'p pushaymondir

Qo'lni qo'l sezganda
Gar shunday bo'lsa
Buyuk Alloh sevsa
Ne bo'lar so'zla

Subhana Robbiyal Ala
Subhana Robbiyal Azim

Здесь Вы сможете узнать слова песни Buyuk Alloh sevdi Rasulini от исполнителя Umidulloh, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Umidulloh - Buyuk Alloh sevdi Rasulini
Слушать трек
Скачать в mp3