Teкст песни Akbarali Ochilov - Kelasanmi derdim

Bugungiday ko’kdan
Yog’ilarkan nur,
Nurafshon bog’larda
Uchrashar edik.
Ko’ngilda bir ajib
Halovat, huzur,
Huzurbaxsh oqshomlar
Ajrashar edik.
Kelasanmi, derdim
Xayrlashar chog’,
Kelaman, deyarding
Sekin iymanib.
Tilimning uchida
Hanuz shu so’roq,
Hanuz yuragimni
Aylaydi mayib.
Biz yurgan yo’llarni
Birga jamlasak,
Borib kelish mumkin
Oyga piyoda.
Lekin bag’rimizda
Ko’ngil jonsarak,
Endi bu gaplardan
Kimga ne foyda

Здесь Вы сможете узнать слова песни Kelasanmi derdim от исполнителя Akbarali Ochilov, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Akbarali Ochilov - Kelasanmi derdim
Слушать трек
Скачать в mp3