Teкст песни Xadyatillo - Yaxshi inson bo'lmadim

Yigit bo'lib qizlarga gul beribman
Sizga gullar berganim yo'q onajon
Maqtayvermang odamlarga ko'p meni
Yaxshi inson bo'lganim yo'q onajon

Aldanib goh sanamlarining makriga
Yetganim yo'q do'stlarimning qadriga
Yomonligim ko'rinmaydi hech sizga
Yaxshi inson bo'lganim yo'q onajon

Katta bo'ldim mol dunyoni o'ylayman
Borsizu lek sizga parvo qilmayman
Qachon sizga mehr berdim bilmayman
Yaxshi inson bo'lganim yo'q onajon

Yolg'on so'zlar aylanar ko'p tilimda
Yaxshiliklar qilganim yo'q onajon
Bilmaysizda berilganman kibrga
Yaxshi inson bo'lganim yo'q onajon

Здесь Вы сможете узнать слова песни Yaxshi inson bo'lmadim от исполнителя Xadyatillo, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Xadyatillo - Yaxshi inson bo'lmadim
Слушать трек
Скачать в mp3