Teкст песни Anvar G'aniyev - O'zim hofiz sevgan yorim to'yida

Kuylayurman nomus bilan or bilan,
Yurak to’la armon bilan zor bilan,
Zor titragan qo’limdagi tor bilan,
Kuyar bo’lsam kuydim ko’ngil ko’yida
O’zim hofiz sevgan yorim to’yida.

Ko’ngil ichra go’ya gavhar topgandim,
Topgunimcha ortidan zor chopgandim,
Yillar hijron azobini totgandim,
Shirin hislar qoldi anhor bo’yida,
O’zim hofiz sevgan yorim to’yida.

Oy yuz yor yig’latdin-ku zor-zor,
Bevafo oy yuz yor yig’latdin-ku zor-zor,
Aylab meni xor-xor dildor.

Dilim vayron, vayron ko’ngil koshonam,
Torim yig’lar, yig’lar sevgim nishonim,
Taqdir ekan na qilay sho’r peshonam,
Yolg’iz qolsam nahot hijron uyida
O’zim hofiz sevgan yorim to’yida.

Здесь Вы сможете узнать слова песни O'zim hofiz sevgan yorim to'yida от исполнителя Anvar G'aniyev, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Anvar G'aniyev - O'zim hofiz sevgan yorim to'yida
Слушать трек
Скачать в mp3