Teкст песни Renat Sobirov - Kulib qo'ydim


Ortimdan g'iybatlar
Qildilar nechun
Do'st deganing do'st bo'ldi
Manfaat uchun

Bir so'z demay ketdi
Yor ko'nglim uchun
Men ularning bariga
Kulib qo'ydim

Tangridan so'radim
Dardimga davo
Do'st degani
O'zgaruvchan havo

Hayotimda chalindi bir
Dardli navo
Men ularning bariga
Kulib qo'ydim

Onam so'radilar
Ne bo'ldi deya
Ne dard qiynar seni
Ayt bolam deya

Onamga hammasi
Ajoyib dedim
Men onamga qarab
Jilmayib kuldim

Gohida omad ham
Meni tark etdi
Bir yelkadosh sirdoshga
Hayot zor etdi

Dushmanlar poyida
Meni xor etdi
Men indamay bariga
Kulib qo'ydim

Здесь Вы сможете узнать слова песни Kulib qo'ydim от исполнителя Renat Sobirov, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Renat Sobirov - Kulib qo'ydim
Слушать трек
Скачать в mp3