Teкст песни Zebo Yusupahmetova - Bir kam dunyo

Gohida g‘am, goh quvonch,
allaqanday tashvishlar,
gohi gumon, goh ishonch
qalb qafasin to‘ldirar.
O‘zimizga ishonib,
gohi birga bo‘lamiz,
musibat yetgan chog‘da
zaif titrab qolamiz.
Bu hayot dengizida
biz misoli tomchilar,
har tomchi amalidan
dunyo to‘ri to‘qilar.
Bir kam dunyo...

Shod-xurramlik, g‘am-qayg‘u
unda birga turar.
Bir kam dunyo!
Bir kam dunyo!..
Yaxshilik va yomonlik
mudom bahsin surar.
Bir kam dunyo,
sinovingdan o‘tishga
har kim madad, najot tilar.
Muhabbat - shirin og‘u.
Ishq qo‘liga aylanib,
bevafoning ahdiga
goh qolamiz aldanib.
Mashaqqatli bu hayot
aslida bir muallim.

Здесь Вы сможете узнать слова песни Bir kam dunyo от исполнителя Zebo Yusupahmetova, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Zebo Yusupahmetova - Bir kam dunyo
Слушать трек
Скачать в mp3