Teкст песни Sherzodbek Jonibekov - Yor-yor kelar

Bugun senga yor yor to'la vafo kelar
O'z uyiga olib ketar chin yor kelar
Yig'lama qiz ketar chog'da yosh to'kmagin
Yangi uyda ota hovling unutmagin

Oq libosda ko'rk yozibsan go'yo malak
Qizlik davru dugonalar endi ertak
Qayda bordir senday go'zal ko'zi suzuk
Muboraklar bo'lsin senga tillo uzuk

Bugun seni uzatamiz
Uzatamiz yig'lama qiz
Yig'lama qiz

O'zga uyga kuzatamiz
Kuzatamiz yig'lama qiz
Yig'lama qiz

Qadamlaring ohista bos irim uchun
Bu qadamlar shirin baxtdir kelin uchun
Shum yangalar aytar o'lan sho'x qo'shiqlar
Qo'llaringni to'ldirsiney qo'sh beshiklar

Ota onang duolari senga hamroh
illo bahting kam qilmasin qodir Alloh
Har bir go'zal sendak baxtga yor bo'lsinay
Yor yorlari allalarga ulansiney

Здесь Вы сможете узнать слова песни Yor-yor kelar от исполнителя Sherzodbek Jonibekov, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Sherzodbek Jonibekov - Yor-yor kelar
Слушать трек
Скачать в mp3