Узбекские песни » Новинки » Aziza Qobilova - Onajon

Aziza Qobilova - Onajon

Слушать трек
Скачать в mp3
Bugun juma ayyom erta tong sahar
Ko'p ko'p duolarni tongda qilaman
To'rtta non va qaymoq bozordan olib
Onamni ko'rgani uyga boraman

Axir qancha berdi bizga tarbiya
O'zi yemas edi bolamga deya
Oyoqda eski o'sha tufligin kiyar
Mehnatda o'tibdi umriz onajon

Uyga men kelgunimcha duolar aytib
Kutasiz hovotirda kelgumcha qaytib
Yonizda bolsam agar ketgim kelmaydi
Onajon bag'ringizga bag'rim to'ymaydi

Uyga men kelgunimcha duolar aytib
Kutasiz hovotirda kelgumcha qaytib
Yonizda bolsam agar ketgim kelmaydi
Onajon bag'ringizga bag'rim to'ymaydi

Sovuqda tosh qotgan qo'llarida ham
Loy bosgan ko'chamiz yo'llarida ham
Mehnatdan tolmadiz ko'p yedingiz g'am
Ulg'aydik bo'lmasdan hech kimsadan kam
Песня Aziza Qobilova - Onajon