Узбекские песни » Новинки » Muzaffar Nazarov - Janonalar

Muzaffar Nazarov - Janonalar

Слушать трек
Скачать в mp3
Musichadan sal kichiqroq yuragimni
G'am anduhga to'ldiradi janonalar
Ishq azobi shirin azob bo'lar deb
Meni bir kun o'ldiradi janonalar

O'ralganman uzun sochlar tolasiga
Rahm qilmas men birovning bolasiga
Sur'atlarim solib kitob orasiga
Meni bir kun o'ldiradi janonalar

Janonalar janonalar janonalar
Meni bir kun o'ldiradi janonalar

Nolalarim qo'shiq qilib aytsam o'lan
Chimriladi qovoq solib qoshlari qalam
Kuydirishib jismu jonin rashki bilan
Meni bir kun o'ldiradi janonalar

Ne ish borki bu dunyoda bitmaydigan
Bir dardim bor yuragimdan ketmaydigan
Devonaman sizdan baxtlar kutmaydigan
Meni bir kun o'ldiradi janonalar

Janonalar janonalar janonalar
Meni bir kun o'ldiradi janonalar
Песня Muzaffar Nazarov - Janonalar