Teкст песни Asror uz - Do'st

Hali sizni do'st bildimmi
Hom sut emgan bandaya
Sodda qalbim chuv tushishni
Hech qilmaydi kandaya

Sinalmaganga sir berib
Attang qilmay ne qilay
Be dil kimsaga dil berib
Qanday minnatdor bo'lay

Hali sizni do'st bildimmi
Odam qurib ketganday
Essiz ishonch oqibat ham
Yuzim burib ketganday

Tili biru dili boshqa
Amalingiz bo'lakcha
Adashibmiz do'st tutinib
Yo'lim boshqa yo'lakcha

Do'st deb yonib yonib yurardim
Do'st qani qani vafoying
Do'st deb yonib yonib yurardim
Do'st qani qani vafoying

Sizdek do'stim turganida
Dushman ayting ne darkor
Niqobingizni yeching bas
Asil yuzingiz oshkor

Do'stingdan top deganlarin
Bugun anglab yetyabman
Siz kavlagan chog'dan yo Rab
Bir bir xatlab o'tyabman

Do'st deb yonib yonib yurardim
Do'st qani qani vafoying
Do'st deb yonib yonib yurardim
Do'st qani qani vafoying

Здесь Вы сможете узнать слова песни Do'st от исполнителя Asror uz, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Asror uz - Do'st
Слушать трек
Скачать в mp3