Teкст песни Olimxon Nematjonov - Alamjon

Yot uyida yor-yor bo'ldi, voy alamjon, jon alam,
Yor o'zgaga yor bo'ldi, voy alamjon, jon alam.

Yorga ohim yetmasmu, vidolashib ketmasmu,
Yangalar hushyor bo'ldi, voy alamjon, jon alam.

Va’da bergan gul qolsin, ishongan bulbul o'lsin,
Muhabbat bozor bo'ldi, voy alamjon, jon alam.

To'yga borganlar aytsin, yorni ko'rganlar aytsin,
Kimga kim ko'p zor bo'ldi, voy alamjon, jon alam.

Ado bo'ldi Mug'anniy, gado bo'ldi Mug'anniy,
Suyanganim tor bo'ldi, voy alamjon, jon alam.

Qochgani yo'l ko'p edi, cho'kkani ko'l ko'p edi,
Ayriliq shior bo'ldi, voy alamjon, jon alam.

Ayriliq shior bo'ldi, voy alamjon, jon alam…

Здесь Вы сможете узнать слова песни Alamjon от исполнителя Olimxon Nematjonov, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Olimxon Nematjonov - Alamjon
Слушать трек
Скачать в mp3