Главная » Узбекские песни » Sherali Jo'rayev - Karvon kordim tuyalari bozlab kelar

Sherali Jo'rayev - Karvon kordim tuyalari bozlab kelar

Слушать трек
Скачать в mp3
Karvon ko'rdim: tuyalari bo'zlab kelar,
Nortuyada mening yorim izlab kelar.
Menga bergan va'dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko'zlab kelar.

Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor.

Karvon yo'li ketgunicha qizg'aldoq zor,
Yig'lamagin, yig'lagandan dunyo bezor.
O'ynab-o'ynab, kulib-kulib ketayvergin,
G'amga o'zim xaridorman, o'zim bozor.

Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor.

Qorli tog'dan naridadir o'zga diyor,
O'zga yurtda kelin bo'lib qolishing bor.
O'zga yurtda o'z yurtingni eslab turgin,
Menga emas, o'z yurtingga bo'l intizor.

Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor.

Men-chi, menga goh g'am to'lar, alam to'lar,
Gohi shodlik, gohida g'am nolam to'lar.
Bu dunyoki, meni ko'nglim yarim etding,
Yarmi bilan kuylasam ham olam to'lar.

Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor.

Karvon ko'rdim: tuyalari bo'zlab borar,
Nortuyada meni yorim izlab borar.
Menga bergan va'dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko'zlab borar.

Menga bergan va'dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko'zlab borar.

На данной странице у вас есть возможность ознакомится со всей доступной информацией относительно музыкальной композиции Sherali Jo'rayev - Karvon kordim tuyalari bozlab kelar.

Скачать трек абсолютно бесплатно и без регистрации с возможностью прослушать онлайн в отличном качестве 192 kbps без ожидания и рекламы.

Так же ищите другую музыку от Sherali Jo'rayev у нас на сайте.

Песня Sherali Jo'rayev - Karvon kordim tuyalari bozlab kelar