Узбекские песни » Новинки » Bolalar guruhi - Esingdami seni qish kunlari

Bolalar guruhi - Esingdami seni qish kunlari

Слушать трек
Скачать в mp3
Balki tunda shamollar
Ochar derazangni,
Sen turib oy nurida
Eslarsan o'tgan kunlarni.

Shunda qarab senga yulduzlar,
Ustingda charaqlar osmon,
Paydo bo'lar ko'zingda yoshlar,
Lekin u kunlar qaytmas hech qachon.

Esingdami seni qish kunlari,
Sovuq shamollar uchirar qorlarni,
Shu kunda biz tanishdik
Va birga bo'lishni xohlar edik.

Men ko'zlaringga qarardim
Va bu tushligini bilardim.
Tun o'tar va kelar tong
Va biz uchrashmaymiz hech qachon.

Ammo kerakmas ko'zyoshlar to'kish,
Tasodif uchrashuvni qiyinmas unutish.
Lekin umidlar qoldi qalbimda,
Bular bo'lgandi tushdamas o'ngimda.

Esingdami seni qish kunlari,
Sovuq shamollar uchirar qorlarni,
Shu kunda biz tanishdik
Va birga bo'lishni xohlar edik
Песня Bolalar guruhi - Esingdami seni qish kunlari