Teкст песни Shohrux (Ummon) - Aytgan emasmiding

Yana kezaman bu ko'chalarda o'zim yolg'iz
Taqdirning oldida turibmanu man ojiz
Chunki sani manda olib qo'ygandi bu taqdir
Qancha kurashsam ham sandan ayrildim oxir
Yonimda bo'lmading kel kurashaylik desam
Davomiy baxtimiz sanga kerakmas bilsam
Shunchaki o'grilib qo'l siltab ketganding oson
Mana bugun bu ko'chalarda yuribman sarsor

Arzonmikan san uchun o'rtadagi tuyg'ular
Bir zumda unutilib ketdimi ayt orzular
Soxtamidi shunchalar yuzingdagi kulgular
Shu savollar tunlarimni yana kunlarimga ular
Senla birga o'tgan damlar bo'ldi shirin xotira
Qancha urinsam ham o'chirolmasam kerak sira
Bo'ldi endi kech afsuski vaqt ortga qaytmaydi
Mani sog'inishini endi u aytmaydi

Avvallar men sizga dunyo bo'laman deb
Dardingizni yutar daryo bo'laman deb
Sog'ingan chog'ingizda paydo bo'laman deb
Aytgan emasmiding, aytgan emasmiding

Здесь Вы сможете узнать слова песни Aytgan emasmiding от исполнителя Shohrux (Ummon), а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Shohrux (Ummon) - Aytgan emasmiding
Слушать трек
Скачать в mp3