Teкст песни Jaloliddin Ahmadaliyev - Biz ham bir yashasak maylimi

Sizga tor qolmasa mabodo
Bir qadam tashlasak maylimi
Siz bosib olgan dunyoda
Biz ham bir yashasak maylimi

Men emas omadim kuldida
Sal kuldim kitobim jildida
Bo'ldi birodar bo'ldida
Biz ham bir yashasak maylimi

Cho'chqaning etibor etida
Zax tomib turgan betida
Xudoning hovlisin chetida
Biz ham bir yashasak maylimi

Biz ham bir yashasak maylimi?
Biz ham bir yashasak maylimi?
Qo'limiz oshga bir yettida
Biz ham bir yashasak maylimi?

Shoqollar ne istar bo'ridan
Laychalar qo'rqar sher go'ridan
Qutilib peshona sho'ridan
Biz ham bir yashasak maylimi?

Do'st uchun sog' edim o'lay man
Qadrimga yo'q joyda gar qulay man
Men sensizga omad yor tilayman
Biz ham bir yashasak maylimi?

Здесь Вы сможете узнать слова песни Biz ham bir yashasak maylimi от исполнителя Jaloliddin Ahmadaliyev, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Jaloliddin Ahmadaliyev - Biz ham bir yashasak maylimi
Слушать трек
Скачать в mp3