Узбекские песни » Новинки » Qurbon Hamdamov - Bahor aldamas

Qurbon Hamdamov - Bahor aldamas

Слушать трек
Скачать в mp3
Ishonishib qishning iliq kuniga
Ba’zi bir daraxtlar kurtak yozibdi.
Ayyor qish o'ronib bahor to'niga,
Soddalar ostiga chuqur qazibdi.

Bardoshni yo'qotmay kutinglar bir pas,
Bahor ham keladi, bahor aldamas.

Goh odam qoqinar, yo'ldan adashar,
Xatoga yo'l qo'yar, xom sut emgan-da.
Ba’zilar vabodek unga qarashar,
Go'yo qabr tuzatar buni, degandek.

Siz uning qalbiga boqingiz bir pas,
Qadami adashsa, qalbi aldamas.
Yaxshi ham, yomon ham qolmas betobut,
Dunyoda hech kimsa qolmagay mangu.
Tuproqqa qo'yilgach, kim bo'lsa unut,
Hayotning qahriga uchragani bu.

Tuproqqa qo'yilgach, kim bo'lsa unut,
Insonlar qahriga uchragani bu.

Ey ko'nglim, bunchalar kuyinmagin bas,
Elga boq, el ko'zgu, xalqing aldamas.
Bahor ham keladi, bahor aldamas.
Песня Qurbon Hamdamov - Bahor aldamas