Teкст песни Umar Xamdamov - Davlatim borida hamma izlab kelardi

Davlating borida avjing zo'rida
Yo'qlab kelar, hatto begonalar ham, begonalar ham.
Davlating yo'g'ida baxting sho'rida
Saloming olmaydi devonalar ham, devonalar ham.

Davlating borida, baxting to'rida,
Izlaringni o'par mastonalar ham.
Chirog'ing o'chganda, do'stki do'st, hatto,
Ko'changdan o'tmaydi qadrdonlar ham, qadrdonlar ham.

Bo'yningga ilsang ham gado to'rvasin,
Ichmagil nomardning yog'li sho'rvasin.
Allohimdan so'ra, bergay barchasin,
Oltinga aylangay ostonalar ham.

Kecha yonginamda yurganding, yo Rab,
Ko'zim oynasida sochlaring tarab.
Bugun-chi izingdan qoldim-ku qarab,
Demak, rost ekan-da afsonalar ham, afsonalar ham.

Yulduzdek bir yondik, o'charmiz, jonim,
Hijron yo'q joylarga ketarmiz, jonim.
Sadoiydan yodgor senga bu qabrim,
Sarg'aydi xonishlar, taronalar ham, taronalar ham.

Davlating borida, avjing zo'rida
Yo'qlab kelar, hatto begonalar ham, begonalar ham.
Davlating yo'g'ida, baxting sho'rida
Saloming olmaydi devonalar ham, devonalar ham.

Davlating yo'g'ida, baxting sho'rida
Saloming olmaydi devonalar ham, devonalar ham…

Здесь Вы сможете узнать слова песни Davlatim borida hamma izlab kelardi от исполнителя Umar Xamdamov, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Umar Xamdamov - Davlatim borida hamma izlab kelardi
Слушать трек
Скачать в mp3