Teкст песни O'ktam Hakimov - Ismigul (new version 2022)

Ming ismlar ichra
Takrorlayman isming,
Go’yoki hammasi
Tushga o’xshab ketar.

Bu tushni o’ngimda
Ko’rganday men bo’ldim,
Yurgan izlaringni
Men topa olmadim, Ismigul.

Ishon, sensiz bir on ham
Yashay olmayman,
Beg’uborliging oldida
Bosh egaman.

Saratonga soya,
Tunga oy kerakdek
Sen menga keraksan,
Ismigul, Ismigul, Ismigul.

Bulbul ham men kabi
Tonggacha kuylaydi,
Netay endi jonim,
Men seni yo’qotdim, Ismigul.

Nechun ikkimizni
Ayt, taqdir tanladi?
Umrbod men quling
Bo’laman malikam.

Ishon, sensiz bir on ham
Yashay olmayman,
Beg’uborliging oldida
Bosh egaman.
Saratonga soya,
Tunga oy kerakdek
Sen menga keraksan,
Ismigul, Ismigul, Ismigul.

Здесь Вы сможете узнать слова песни Ismigul (new version 2022) от исполнителя O'ktam Hakimov, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня O'ktam Hakimov - Ismigul (new version 2022)
Слушать трек
Скачать в mp3