Teкст песни Ulug'bek Rahmatullayev - Ko'zlaringdan o'pay kapalak

Izlaringdan o'pay, kapalak,
Ko'zlaringdan o'pay, kapalak,
G'unchalarning labidan tomgan
So'zlaringdan o'pay, kapalak.

Bir jonimga ming bitta jafo,
Gohi shohman, gohida gado,
Seni guldan, meni yorimdan
Ayirmasin mehribon xudo.

Ko'zlaringdan o'pay, kapalak,
Izlaringdan o'pay, kapalak,
G'unchalarning yo'lida tomgan
So'zlaringdan o'pay, kapalak.

Gulzor ichra izingdan chopdim,
Kapalagim, sendan mehr topdim,
Sen-ku guling topding, men netay,
O'z dilimdan o'tli dod topdim.

Gulday go'zal gulim kapalak,
Senga yetmas qo'lim, kapalak,
Termulaman ortingdan mahzun,
Kel, jonimga qo'ngin, kapalak.

Здесь Вы сможете узнать слова песни Ko'zlaringdan o'pay kapalak от исполнителя Ulug'bek Rahmatullayev, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Ulug'bek Rahmatullayev - Ko'zlaringdan o'pay kapalak
Слушать трек
Скачать в mp3