Teкст песни Xurshid Rasulov - Borliginga shukur yorug' dunyoda

Kuygan bu ko'nglinni zori bo'lsang ham
Armonlar kuyining tori bo'lsang ham
Sen asli birovning yori bo'lsang ham
Borliginga shukur yorug' dunyoda

Nozik qo'llaringdan tutmaydi qo'lim
Garchi sendan ayro qismatim yo'lim
Sen bilan bu olam bunchalar so'lim
Borliginga shukur yorug' dunyoda

Sog'insam qarshiga yetmas bardoshim
Sen yerda yoqutim, ko'kda quyoshim
Kipriklari xanjar ey qilich qoshim
Borliginga shukur yorug' dunyoda

Senga tikon kirsa tilinar jonim
Olov ichra yonar et usti xonim
Xayolingsiz o'tmas xatto bir onim
Borliginga shukur yorug' dunyoda

Здесь Вы сможете узнать слова песни Borliginga shukur yorug' dunyoda от исполнителя Xurshid Rasulov, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Xurshid Rasulov - Borliginga shukur yorug' dunyoda
Слушать трек
Скачать в mp3