Teкст песни Xurshid Rasulov - Parvonam onam

Oy kabi qoshimda parvonam onam
Oftobdek mehrda yagonam  onam
Boshimga tilla toj, ko’nglimga taskin
Tunu kun tilimda shukronam onam
Oltin-kumush asli  tosh bo’lar ekan
Onasizning ko’zi yosh bo’lar ekan
Onasi bor doim yosh bo’lar ekan
Mehr ummonida durdonam onam
Qayga borsam yo’ldosh, hamroh
taftingiz
Sizdan baxt topdim, siz nima
topdingiz
Mudom manglayimda iliq kaftingiz
Tole’imdan yorug’ peshonam, onam
Yonimda o’g’lim deb tursangiz, ona
Yashayman g’amlardan g’olib
mardona
Kelsangiz yuksalar g’arib ostona
Ketsangiz mung’ayar koshonam
onam
Ko’rdim dunyo yetti mo’’jizasini
Topmadim qalampirmunchoq isini
Ko’zlarimga suray bosgan izini
Jannat bog’laridan nishonam, onam

Здесь Вы сможете узнать слова песни Parvonam onam от исполнителя Xurshid Rasulov, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Xurshid Rasulov - Parvonam onam
Слушать трек
Скачать в mp3