Главная » Узбекские песни » Xurshid Rasulov - Qarz balosi sindiradi yigitni

Xurshid Rasulov - Qarz balosi sindiradi yigitni

Слушать трек
Скачать в mp3
Hayot ko'chasida adashib qolma
Nafs balosi so'ndiradi yigitni
O'zganing moliga nazaring solma
Qarz balosi sindiradi yigitni

Omad kelganida xushyor bo'l do'stim
Baxting kulganida xushyor bo'l do'stim
Har xil nayranglarga tayyor bo'l do'stim
Qarz balosi sindiradi yigitni

Yashagin jigarim qadringni asrab
Bir siylab ko'rarkan Xudo bir sinab
Oyoq uzat derlar ko'rpangga qarab
Qarz balosi sindiradi yigitni

Kimnidir eshigin yopmagin qattiq
Bir kun yana kelib ochmog'ing bordir
Yigitga uch bor berilar omad
Omad kelganida asray bil axir

O'zing ko'z ko'zlama uy qurganingda
Elu yurtni to'plab to'y qilganingda
Hech kim qo'l uzatmas yiqilganingda
Qarz balosi sindiradi yigitni

Sarfu xarajatlar zanjiri uzun
Gohida odamni o'ylatar mahzun
Uydagi notinchlik ezganda har kun
Qarz balosi sindiradi yigitni

Har kimning boshiga tushsa shu savdo
Qilmang omonatga xiyonat aslo
Yechilmas tugunday dardi bedavo
Qarz balosi sindiradi yigitni

Inson bilsin doim inson qadrini
Ahad Qayum yozar elning dardini
Agar topolmasa do'stning mardini
Qarz balosi sindiradi yigitni

На данной странице у вас есть возможность ознакомится со всей доступной информацией относительно музыкальной композиции Xurshid Rasulov - Qarz balosi sindiradi yigitni.

Скачать трек абсолютно бесплатно и без регистрации с возможностью прослушать онлайн в отличном качестве 192 kbps без ожидания и рекламы.

Так же ищите другую музыку от Xurshid Rasulov у нас на сайте.

Песня Xurshid Rasulov - Qarz balosi sindiradi yigitni