Узбекские песни » Новинки » Xurshid Rasulov - Erkak uyga quruq qaytmasin

Xurshid Rasulov - Erkak uyga quruq qaytmasin

Слушать трек
Скачать в mp3
Текст песни

Erkak uyga quruq qaytmasin Xurshid Rasulov tekst

Dunyo kezib, rizqin tergan odam
Ish chatoq, deb aytmasin erkak
Tongdan tunga qadar yursa ham
Uyga quruq qaytmasin erkak

Yo'lin poylar ko`zin qorasi,
Farzandlarin beka onasi.
Erkak zoti ko'cha bolasi,
Uyga quruq qaytmasin erkak

Omad kelmas qaddu-savlatdan,
Er ahlini qisma davlatdan.
O'zing asra shu malomatdan,
Uyga quruq qaytmasin erkak.

Mo`l qil halol nonu oshini,
Topsin hech yo`q kerak toshini.
Hayot, egma yigit boshini,
Uyga quruq qaytmasin erkak.

Gar bermasning oshi hech pishmas,
Olma pishib, og`zingga tushmas.
Odam ini buzilgan qushmas,
Uyga quruq qaytmasin erkak.

Baland-pastlik yo`l asli dunyo,
Gohi mulzam, goh tasvir dunyo.
Yaratgandan tilaydi Mirzo:
Uyga quruq qaytmasin erkak.
Песня Xurshid Rasulov - Erkak uyga quruq qaytmasin