Teкст песни Xurshid Rasulov - Nega sendan kechib bo'lmaydi

Qo'lim tegsa so'ladiganday,
Gulimsan-u quchib bo'lmaydi.
Tegsam bir gap bo'ladiganday,
Nega sendan kechib bo'lmaydi?

Yuragingga solmoqqa g'ulu,
Kechaman deb ont ichdim suluv.
Qasamlardan kechish mumkin-u,
Nega sendan kechib bo'lmaydi?

Nega sendan kechib bo'lmaydi?
Nega sendan kechib bo'lmaydi?
Qasamlardan kechish mumkin-u,
Nega sendan kechib bo'lmaydi?

Ko'zim yumsam ko'zlaring aksi,
Jilovlanar parilar raqsi.
Yaxshimiding, shunchalar yaxshi,
Nega sendan kechib bo'lmaydi?

Kechib ketsam saxroga birga,
Osmon qulab tusharmu yerga?
Birga bo'la olmasak, birga,
Nega sendan kechib bo’lmaydi?

Sexring zo'rmi ont-u qasamdan,
Qaytarmay tur shashdu-sazamdan.
Juda oson kechding Azzamdan,
Nega sendan kechib bo’lmaydi?

Nega sendan kechib bo'lmaydi?
Nega sendan kechib bo'lmaydi?
Qasamlardan kechish mumkin-u,
Nega sendan kechib bo'lmaydi?

Здесь Вы сможете узнать слова песни Nega sendan kechib bo'lmaydi от исполнителя Xurshid Rasulov, а также скачать или прослушать сам трек.

Песня Xurshid Rasulov - Nega sendan kechib bo'lmaydi
Слушать трек
Скачать в mp3